Joriy yilning shu davriga qadar Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi” viloyat hududidagi 30 dan ortiq eksportyor va eksport salohiyatiga ega bo’lgan korxonalarga amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda.
Byuro xodimlari tomonidan o’tkazilgan navbatdagi uchrashuv “Qo’shko’pir parranda” korxonasi rahbariyati ishtirokida bo’lib o’tdi. Unda “Eksport qilinadigan mahsulot tamg’asiga tushiraladigan belgi” va “Global G.A.P” xalqaro standartini joriy etish yuzasidan ma'lumotlar berildi.