“Yetakchi Ekspertlar xizmati” (SES) xalqaro tashkiloti vakili Fredrix Notdurft “Global G.A.P” xalqaro standarti talablarini joriy etish yuzasidan Farg’ona viloyatida bo’ldi.
Tashrif davomida mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hududda joylashgan “Vodil Аgro Biznes” ma'suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo’lgan yong’oqzor va o’rik bog’i hamda malina maydonlariga borib, jarayonlar o’rganildi.
Fredrix Notdurft mazkur bog’lar “Global G.A.P” halqaro standarti talablariga javob berishi va ortiqcha ovoragarchiliksiz osonlik bilan standartni joriy etish imkoniyatiga ega ekanigini ta'kidladi.
Shuningdek, amaliyotchilar Farg’ona tumanlarida joylashgan “Luffa agro fayz” dehqon xo’jaligida, “Durdona” fermer xo’jaligida hamda “Agro service Asia”, “Agro sifat logistik” ma'suliyati cheklangan jamiyatlarida ham bo’ldilar.