Fasllar kelinchagi deya ta'rif etiladigan bahorning dillarga xush yoqadigan epkinlari va mayin sabolarini sevmaydigan inson bo’lmasa kerak. Аyniqsa, ko’klamning tashrifi bilan qushlarning sayrashidan tortib, suvlarning oqishlarida ham o’zgacha bir jo’shqinlikni his etish mumkin!
Mana shunday shukuhli damlarda har bir inson qalbida Vatanga muhabbat, yurt ravnaqi yo’lida fidoiylik bilan mehnat qilishdek oliyjanob tuyg’ulari yanada kuchliroq jo’sh uradi.
Аyniqsa mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan yangilanishlar, insonlar qalbidagi o’zgarishlar hech birimizni befarq qoldirmaydi.
“O’zstandart” agentligi yurtimizga kirib kelgan Bahor va Navro’z bayrami bilan xalqimizni chin yurakdan tabriklaydi. O’zbekistonimiz tinch, xalqimizning hayoti bundan-da farovon bo’lishi yo’lida birdamlik va ahillik tilaydi!