Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish” byurosi tomonidan To’raqo’rg’on tumanida joylashgan “Sardor Bahrom ZOO” fermer xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan 60 000 kg. muzlatilgan tovuq go’shti mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati olishida yaqindan yordam ko’rsatildi.

 

Jumladan, korxonani GOST 21784-76 davlatlararo standarti bilan ta'minlash, texnologik yo’riqnoma ishlab chiqish, mahsulotlarga yorliqlar tayyorlash, mavjud o’lchash vositalarini qiyoslashdan o’tkazish bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi.

 

Natijada fermer xo’jaligi tomonidan Tojikiston Respublikasi, Xo’jand viloyatidagi “Orzui Karvon” MChJ bilan yillik umumiy qiymati 342,0 ming АQSh dollar miqdoridagi eksport shartnomasi imzolanib mahsulotlarni Tojikiston Respublikasiga eksport qilishga erishildi.