“O’zstandart” agentligi hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari o’rtasida o’zaro tajriba almashish yo’lga qo’yildi. Bunda asosiy e'tibor sinov laboratoriyalarini xalqaro darajada ta'mirlash va ularni sinov uskunalari hamda o’lchash vositalari bilan jihozlashdagi ilg’or tajribalarni ommalashtirishga qaratilmoqda.
Yaqinda Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazining bir guruh mas'ul xodimlari Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida tajriba almashdilar.
Uchrashuv davomida xodimlar markaz qoshidagi xalqaro darajada akkreditlangan “Fizik-kimyo” va “Quvvat” sinov laboratoriyalarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, o’zlari uchun zarur bo’lgan ma'lumotga ega bo’ldilar.