Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengashining 54-majlisining qaroriga muvofiq, Minsk shahrida MDH davlatlarida 2019 yil sifatli mahsulotlar va xizmatlar sohasida erishilgan yutuqlar uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mukofotining ekspertlarini o’qitish bo’yicha o’quv seminar bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi mahsulot va xizmat ko’rsatish sohasidagi yutuqlar uchun MDH davlatlar mukofotlari tanloviga qo’shildi.
Tanlovning maqsadi:
- mamlakat eksport salohiyatini oshirish;
- yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki sifatni boshqarishning yuqori samarali usullarini joriy qilish orqali xizmatlar ko’rsatishni rag’batlantirish;
- respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan davlat tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va davlat hokimiyati organlarining sa'y-harakatlarini birlashtirish.
Tadbirda “O’zstandart” agentligi mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi mutaxassislari mahsulot sifati va xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlar uchun MDH davlatlari mukofotlari ekspertlari reestriga kiritilib, tegishli namunadagi sertifikatlarga ega bo’ldilar.