“O'zstandart” agentligi mediaturni Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazida tashkil etdi. Mediaturda “O'zbekiston 24” teleradiokanali, “Inson va qonun” gazetasi va “Pv.uz” sayti muhbirlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tadbir davomida Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazi bilan qamkorlikda ishlayotgan “Angren shakar” zavodi hamda “UNGECONN” qo'shma korhonalarida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv so'nggida Markaz direktori Е.Kulmanbetov jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Manba: "O‘zstandart" agentligi matbuot xizmati