“O‘zstandart” agentligi Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda “Respublikamizda mahsulotlarning sifatini ta’minlashda metrologiyaning o‘rni va vazifasi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ul mutaxassislari mavzu yuzasidan chiqishlar qilib, bugungi kunda metrologiyaning o‘rni va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.
Anjuman so‘ngida jurnalistlar savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.