O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mamlakatimizda "2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, kichik biznes sohasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksport hajmlarini oshirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxona, tashkilot va kichik biznes sub’ektlarida boshkaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishda sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 2016 yilning 29 iyun kuni Xorazm viloyat Hokimligida viloyat halq xo‘jaligi, sanoat va kichik biznes sub’ektlarida “Sifat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida seminar-yig‘ilish o‘tkazilib,unda 1 iyulidan 1 avgustigacha “Sifat oyligi” deb e’lon qilindi.

Axborot xizmati