“O‘zstandart” agentligi GLOBAL G.A.P, Germaniya xalqaro hamkorlik (GIZ) loyihasi, UNDP “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi bilan xamkorlikda “GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etish afzalliklari” mavzusidagi Milliy texnika ishchi guruxining I yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda GLOBAL G.A.P tashkilotining O‘rta Osiyo, Latviya va Yevropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina rahbarligida ushbu guruxga a’zo 18 ta vazirlik va idoralarning 25 ta ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv seminar o‘z ishini Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham davom ettiradi.
Manba: "O‘zstandart" agentligi matbuot xizmati