Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazida ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamda markaz xodimlari uchun ochiq muloqot tashkil qilindi.
Tadbirning asosiy mavzusi Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4059 qarorda belgilangan vazifalar va uning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvda Agentlik Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.Inog‘omov, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi bosh mutaxassisi N.Muxitovlar ishtirok etdilar.
Tadbirkorlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Manba: "O‘zstandart" agentligi matbuot xizmati