Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarorida belgilanganidek, “O‘zstandart” agentligi quyi tashkilotlari faoliyat va samaradorligini baholash, shu jumladan korrupsion omillarni oldini olish choralari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari hamda tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Agentlik Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Kadrlar bo‘limi rahbari B.Inog‘omov, RSSM bosh mutaxassisi N.Muxitov, Markaz direktori A.Muxtorovlar ishtirok etib, qarorning mazmun mohiyati, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berdilar.