Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi vakillari “Sulton tex group” va “Yuksak Qashqadaryo” korxonalarida bo‘ldilar. Mazkur uchrashuvlar jarayonida markaz mutaxassislari tomonidan Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4059-sonli qarorining mazmun mohiyati, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida klaster asosida ishni tashkil etish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, korxonada ishlab chiqarilayotgan xom ashyolardan eksportga tayyor mahsulot sifatida chiqarish, korxona laboratoriyasini akkreditatsiyaga tayyorlash, xorijiy investitsiyalar, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, ichki va tashqi bozorda iste’molchilar uchun xavfsiz, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarning ortishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.