Surxondaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “NORTEX STYLE” xorijiy korxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4059-sonli qarorining mazmun mohiyati, tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Unda xorijiy investitsiyalar, qo‘shimcha ish o‘rinlari, ichki va tashqi bozorda iste’molchilar uchun xavfsiz, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarning ortishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.