O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Standart namunalar va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy tadqiqot bo‘limi xodimlari M. Jabborov va T. Kim Yekaterinburg shahrida “Ural ilmiy tadqiqot metrologiya instituti” (FGUP) negizidagi “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi” qo‘shimcha professional ta’lim (FGAOU) standart namunalar metrologiya kafedrasida malaka oshirib qaytdilar.
Xodimlarning malaka oshirilishi mamlakatimiz laboratoriyalarining standart namunalarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlab, keyinchalik mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ularni ishlab chiqarish usullari va uskunalarini o‘rganish maqsadida amalga oshirildi.