Joriy yilning 8 iyul kuni “O‘zstandart” agentligi tomonidan agentlikning SMSITI, hududiy SMBlari, “Respublika SSM” DKsi va uning hududiy SSMlar hamda “Axborot ma’lumot markazi” DKlari xodimlariga texnik reglamentlarini ishlab chiqish, qabul qilish va ularga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘tkazish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartiblari shuningdek, noqonuniy tekshiruv va korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Ushbu o‘quv seminarida “O‘zstandart” agentligining Standartlashtirish, davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i H. Qosimov, boshqarma bosh mutaxassislari R. Xusnullin va A. Raxmatov hamda yuristkonsult R. Sharopovlar ishtirok etib o‘zlarining tushuntirishlarini berdilar.
Mazkur o‘quv seminari yakunida o‘tilgan mavzular yuzasidan agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi. 

Axborot xizmati