BIPM (Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi) va TUBITAK UME (Turkiya milliy metrologiya instituti) hamkorligida metrologiya yo‘nalishida yosh mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish loyihasida O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti xodimi Javohir Nosirov qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Navbatdagi loyihaning ikkinchi bosqichi hisoblanib, unda odatdagidek 10 ta davlatdan 10 nafar mutaxassis ishtirok etadi. J.Nosirovning taqdim etgan loyihasi “Kalibrlash xizmatlarini rivojlantirish. Massa birligi milliy etalonini tadqiqot qilish” deb nomlanadi. Unda massa kichkina hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ilmiy va amaliy o‘rganiladi. Ko‘zlangan maqsad esa Respublikamizda massa birligi milliy etalonidan ishonchli metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlashga erishishdir.