“O'zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasining Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasiga 2015 yilda berilgan akkreditatsiya guvohnomasini tasdiqlash maqsadida Xalqaro akkreditatsiya forumining a’zosi (IAF) hisoblangan Turkiya akkreditatsiya organining (TURKAK) xalqaro ekspertlari tomonidan navbatdagi inspeksiya nazorati o‘tkazildi.
Inspeksiya nazorati davomida xalqaro ekspertlar sertifikatlashtirish idorasi tomonidan ISO 9001 standartiga muvofiq rasmiylashtirilgan respublikada faoliyat yuritadigan “Sifatli tovuq” XK, “Ziraat Bank” AJ va “Hi-Tech Bank” XATB kabi yetakchi sanoat korxona va banklarga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog‘ida ekspertlar, auditorlik xujjatlari yaxlitligini, mutaxassislarni tayyorgarlik darajasini va protseduralar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishini o‘z vaqtida baxoladi. Shuningdek, qo‘shma korxona tomonidan tashkillashtirilgan auditorlik tekshiruvlari davomida ekspertlar qo‘shma korxona auditorlarining yuqori professional darajasini qayd etdilar.