Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi va Afg‘oniston milliy standartlashtirish idorasi Balx viloyati boshqarmasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi taklifi bilan Afg‘oniston milliy standartlashtirish idorasi Balx viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Ehsonulloh tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida standartlashtirish, sinov, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida o‘zaro hamkorlik xususida tajribalar almashildi hamda ikki davlat hamkorligida kompleks laboratoriya tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.