Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini “Organic” va “GLOBAL G.A.P” standarti talablari asosida ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish, menejment tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga jalb etish yuzasidan, joriy yilning 2 fevral kuni Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazida o‘quv seminari o‘tkaziladi.
“Organic” va “GLOBAL G.A.P” standartlari bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining DAI Global LLC, USAID Agricultural Value Chain Project kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
Ushbu seminarda siz ham qatnashishingiz mumkin!
Manzil: 160108, Namangan sh., Nodira ko‘ch., 8 uy, tel: (69)2288122, (93)9914569