Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4059-sonli qarorida tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlarga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Unda xorijiy investitsiyalar, qo’shimcha ish o’rinlari, ichki va tashqi bozorda iste'molchilar uchun xavfsiz, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarning ortishi kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.