Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va viloyatdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida viloyatning Do‘stlik va G‘allaorol tumanlarida seminarlar tashkil etildi.
Seminarda GLOBALG.A.P halqaro standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ushbu turdagi mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirish borasida tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, Paxtakor tumanida joylashgan “Jizzax Agritrade” MChJ korxonasida davra suhbati tashkil etilib, sinov laboratoriyasini tashkil etish hamda klaster tizimini joriy qilish bo‘yicha tadbirlar belgilab olindi.