Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi, Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida markaz va institut o‘rtasida nazariy olingan bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirib borilmoqda.
Joriy yilda institutning katta o‘qituvchisi O‘ktam Maxmanov hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining mutaxassisi Rahmatulla Azizov hammuallifligida “Metrologiya va standartlashtirish” nomli kitobi nashrdan chiqarildi.
“Adabiyot uchqunlari” nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur kitob Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya qilindi.
Mazkur kitobda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishga oid masalalar keng yoritilgan bo‘lib, o‘lchashlar nazariyasi asoslari, usullari hamda o‘lchash vositalaridagi aniqliklarga erishish, shuningdek, standartlashtirishga oid ilmiy ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.