“O‘zstandart” agentligi tomonidan avtotransport vositalari, shu jumladan gaz-ballon uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyalar tarmog‘ini yaratish maqsadida Janubiy Koreya davlatining “Si Resource Co. Ltd” hamda “Hydrogen Power Co. Ltd” kompaniyalari Agentlikning “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv imzolandi.
Kelishuv doirasida respublikamiz miqyosida 1-bosqichda umumiy qiymati 60 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15 ta avtotransport vositalari, shu jumladan gaz-ballon uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha sinash laboratoriyalari tashkil qilinishi nazarda tutilgan.