Is gazidan zaharlanishni oldini olish va isitish tizimi jihozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar savdo shahobchalarida hamda bozorlarda sertifikatsiz va sifati kafolatlanmagan isitish tizimi jihozlarining (isitish qozonlari, elektr pechlari) sotilishining oldini olish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘rganishlar o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar savdo shahobchalarida hamda bozorlarda faoliyat yuritayotgan jami 76 ta savdo ob’ektlarida bo‘lib haqqoniy holat bilan tanishildi.

Ming afsuski o‘rganish natijalariga ko‘ra jami 1033 dona isitish jihozlaridan 753 donasi (72,9 %) qonunga xilof ravishda muvofiqlik sertifikatisiz sotilayotganligi aniqlandi va 575 donasi soliq idoralari tomonidan savdodan olib tashlandi, 180 tasini savdodan chiqarib tashlash bo‘yicha soliq idoralariga yozma ravishda murojaat qilindi.

Ushbu sertifikatsiz sifati kafolatlanmagan isitish jihozlarining

212 tasini gazli isitish pechlari va 761 tasini elektr isitish pechlari

(shu jumladan, qo‘lbola isitish jihozlari 214 dona) tashkil etadi.

DIQQAT! DIQQAT! HURMATLI ISTE’MOLChILAR, OILANGIZ UChUN ISITISh JIHOZLARINI XARID QILAYoTGANDA ALBATTA UNING SERTIFIKATINI SO‘RAShNI UNUTMANG.