“O‘zstandart” agentligida GLOBALG.A.P tashkilotining O‘rta Osiyo mintaqasi koordinatori Edita Stradze, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori Go‘zal Qahhorova va “O‘zstandart” agentligi vakillari o‘rtasida onlayn videokonferensiya tashkil etildi.
Videokonferetsiyada respublikamiz eksport salohiyatini oshirish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining to‘laqonli rivojida texnik to‘siqlarni bartaraf etishda GLOBAL G.A.P standartining o‘rni, shuningdek mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilishning kompleks tizimlari, Milliy texnika ishchi guruhini turli mutasaddi vazirliklar ishtirokida tashkil etish, akkreditlangan sinov laboratoriyalar faoliyati va ularni sinov ishlari xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash masalalari keng muhokama etildi.
2019 yilda GLOBAL G.A.P tashkiloti, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), “EsoCert” sertifikatlashtirish idorasi, xorijiy tashkilotlari va Agentlik ekspertlari ishtirokida “GLOBALG.A.P-Media-Event” tashkil etilishi belgilandi.
Navbatdagi onlayn videokonferensiyada standartni joriy etishga qiziqish bildirgan fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi eksportyor korxonalar ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.