2019 yil davomida milliy standartlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashganlik darajasini keskin oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi va, 2021 yilga qadar bu ko‘rsatgich 47 foizga yetkazish belgilandi.
Bu degani ikki yil ichida qariyib 7 mingta xujjat qayta ko‘rib chiqiladi demakdir. Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, so‘nggi o‘n yil ichida bor-yo‘g‘i 3,5 mingta standartlar qabul qilingan.
Xalqaro me’yorlarni sohalar kesimida qaraydigan bo‘lsak, 2021 yil yakuniga qadar xalqaro standartlarning ulushini oziq-ovqat sanoatida 82,5 foizga, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoatida 67,3 foizga, qurilishda bu ko‘rsatgichlarni ikki barobardan oshirish ko‘zda tutilgan.
Qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun, iqtisodiyot tarmoqlarining standartlarni ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida, qaror bilan Agentlik qoshida maxsus institut tashkil etilmoqda.