O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrda “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” qayta tashkil etildi. Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari institutda hududiy Sertifikatlashtirish, standartlashtirish va metrologiya rahbarlariga “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish” ixtisosligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
“O‘zstandart” agentligi mutasaddi rahbarlari seminar ishtirokchilariga Qarorning mazmun mohiyati uning ijrosi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalarni batafsil tushuntirdilar.
“Majburiy sertifikatlashtirilishi 2019 yil 1 yanvardan boshlab faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sertifikatlashtirish organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladigan, chetdan olib kiriladigan iste’mol tovarlari Ro‘yxati” ni o‘rganish hamda akkreditatsiyadan o‘tadigan tashkilotlarning vazifalari mavzusida ham ma’ruza o‘tkazildi. Xususan, ikki kun davom etgan seminarda, o‘quv seminar qatnashchilari “2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”, Qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ga asosan sohada axborot – kommunakatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish hamda “Sinov va o‘lchash bazasini takomillashtirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati” ni o‘rganish mavzularida ham ma’ruzalar tingladilar.
Seminar yakunida xududiy markaz rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilar tomonidan to‘liq javob oldilar.