2018 yilning 12 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4059 sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi xalqaro ekspertlar tomonidan keng muhokama etilmoqda. Afg‘on Milliy Standartlashtirish tashkiloti, Standartlar boshqarmasi boshlig‘i, G‘ulom Sarvar Xamgam “Sifat infrastrukturasi bu-davlat moderator sifatida faoliyat yuritadigan institutsional sharoitlardir, ular umumiy qoidalar va ularga rioya etilishini kafolatlaydi. O'ylaymanki, hukumat qarori texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida ishlarni to‘g‘ri bajarish qoidalarini belgilaydi”

 

Axborot xizmati