2018 yilning 12 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-4059 sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi xalqaro ekspertlar tomonidan keng muhokama etilmoqda.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) hududiy loyihasining koordinatori Oliver Dittxardt “Sifatni ta’minlash maqsadida sifat infratuzilmasini rivojlantirish mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Tan olingan sifatni ta’minlash uchun texnik mahorat va institutsional imkoniyatlarni takomillashtirish ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalar uchun maxsus talabga yo‘naltirilgan dasturlar, ishonchni ta’minlash xizmatlari O‘zbekiston mahsulotlarining milliy va xalqaro bozorlarda savdo rivojlanishini va raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz “O‘zstandart” agentligi bilan O‘zbekistonda sifat infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlikka doim tayyormiz...”

 

Axborot xizmati