Qaror bilan tadbirkorlik sub’eklari tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan, texnika va texnologik uskunalarni, butlovchi va ehtiyot qismlarni, shuningdek ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat tovarlarni majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etildi.
Natijada investitsiya loyixalari asosida tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o‘z extiyojlari uchun olib kelinayotgan tovarlarni sertifikatlashtirish jarayonidagi sarf xarajatlar hamda ovaragarchiliklarga chek qo‘yildi. Bu bilan Respublikamizda qulay investitsiya muxitini yaratish hamda investitsiya loyixalarini belgilangan muddatlarida ishga tushirilib iqtisodiyotimizga xizmat qilishi va mahsulotlarni eksport saloxiyatini oshishiga zamin yaratadi.
O‘lchash vositalarini xorijiy davlatlarning sertifikatlari asosida respublikaga olib kirishga ruxsat berildi. Bunga qadar o‘lchov vositalarini metrologik attestatlash (turini tasdiqlash) uzoq vaqt talab etar edi. Ushbu qaror bilan 1 kunda amalga oshirilishi belgilandi.
Korxonasida sifat tizimlarini joriy etgan hamda sinov laboratoriyasini tashkil etgan ishlab chiqarish korxonalariga o‘zlari sifatini kafolatlagan xolda mahsulotlarni muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash belgilandi.
Axborot xizmati