Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy iqtisodiy komissiyasi (ESCAP) vakillari Cecilia Reys va Аlvin Ма hamda «O‘zstandart» agentligi xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

ESCAP BMTning beshta mintaqaviy komissiyalaridan biridir. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun mintaqaviy rivojlanish tarmog‘i bo‘lib 1947 yilda tashkil etilgan hamda markazi Bangkokda joylashgan. ESCAP tarkibida 53 ta a’zo davlatlar va 9 ta sherik a’zo davlatlar mavjud. ESCAP savdoni yengillashtirish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Savdoni yengillashtirish sohasida ESCAP mamlakatlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yordam beradi jumladan O‘zbekistonga ham:

 

  • savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni va vaqtni kamaytirish uchun savdo tartiblarini soddalashtirish, uyg‘unlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash;
  • savdo-sotiq va investitsiyalar oqimlarining, xususan, qog‘ozsiz savdoning va onlayn savdoning o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
  • mintaqada ESCAP ning savdo imkoniyatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish va boshqa faoliyatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Hozirgi kunda tashrif buyurgan ekspertlar mintaqada Single Window prinsipi asosida qog‘ozsiz savdoga va onlayn savdoga o‘tkazilishiga ko‘maklashish maqsadida Mog‘uliston, Myanma, Armaniston va O‘zbekistonga  tashrif buyurgan. 
Mazkur o‘ziga xos uchrashuvning maqsadi Osiyo-Tinch okeani hududida transchegaraviy qog‘ozsiz savdo yuritishdan manfaatdor bo‘lgan mamlakatlarning huquqiy masalalarni baholash va Osiyo-Tinch okeani hududida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish bo‘yicha ramkali kelishuvga qo‘shilish imkoniyatlari hamda ushbu qadamga tayyorlik darajasini tekshirish sanaladi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi, shuningdek kelgusi hamkorlik va ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

  

Axborot xizmati