Ayni kunlarda yurtimizning barcha vazirlik va idoralarda mustaqilligimizning 25 yillik bayramiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Jumladan , “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan 2 iyul kuni erta tongdan Poytaxtimizning Olmazor tumanining 12 ta mahallasida xayriya hasharini tashkil etdi.

Mazkur hasharda agentlik va uning tizimiga qarashli korxona hamda tashkilotlardan 500 ga yaqin xodimlari ishtirok etib, mahalla faollari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylarning atroflari tozalanib, daraxtlar oqlandi.

E’tiborli jihati shundaki, mazkur xayriya hashari tumanning “Guruchariq”, ”Chiltag‘on”, ”Istiqlol”, ”Ismoil shoshiy” kabi mahallalarda uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, bunday xayriya hasharlari insonlarni birlikka chorlash barobarida, o‘zlari yashayotgan ko‘chalari, hamda mahallalarini yanada obod qilishdek ezgu qadryatlarimizni rivojlantirishga amaliy yordam beradi.

Axborot xizmati