Xorazm viloyati Pitnak shahrida «O‘zstandart» agentligi Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining bo‘limi sifatida «Ilmiy ishlab chiqarish markazi» tashkil qilindi.
«O‘zstandart» agentligi bosh direktori joriy yil 29 noyabr kuni markazning ish faoliyati bilan tanishish maqsadida «Ilmiy ishlab chiqarish markazi» da bo‘lib, u yerdagi ma’sul mutaxasislar va metrologik shaxobcha faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida ular bilan suhbatda bo‘ldi.
Bundan tashqari “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori viloyatdagi “TILLO DOMOR” xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishib, korxona mahsulotlarini sifati va ishlab chiqarish jarayonlariga baho berdi.
Eksport geografiyasi bilan ham tanishdi. Yangidan qurilayotgan ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilayotgan zamonaviy, eksportbop, xalqaro talablar darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishdi. Mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishning asosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro standartlar talablariga asosan ishlab chiqarishni tashkil etish ekanligi to‘g‘risida tavsiyalar berdi. Yangidan tashkil qilinayotgan sinov laboratoriyasini jihozlanishi bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.
Axborot xizmati