“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi uchrashuv Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazida tashkil etildi.
Seminar ishida markaz xodimlari, ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari, huquqni muhofaza qilish xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
Yig‘ilish avvalida mehmonlar Olmaliq sinov va sertifikatlashtirish markazining faoliyati bilan tanishib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar odob-axloq qoidalariga amal qilgan holda, markazga tashrif buyurayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga samimiy munosabatda bo‘lish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ta’magirlik illatlariga berilmasdan ishlashlari kerakligi va yurtimizdagi ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga amaliy yordam berish hozirgi kunning dolzarb masalasi ekanligiga e’tibor qaratdilar.
Seminar so‘nggida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Axborot xizmati