Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga» muvofiq «O‘zstandart» agentligida «Sport inventarlari va jihozlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Ekspert a’zolarining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Umumiy texnik reglament loyihasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.
Yig‘ilishda Jismoniy tarbiya va sport, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, IIV YoXXBdan mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda komissiya a’zolari tomonidan bir qator taklif va kamchiliklar berildi, jumladan reglament loyihasini halqaro talablar bilan muvofiqlashtirish, shuningdek texnik reglamentni qo‘llanish tartiblari, atama va belgilanishlar, shuningdek sport inventarlari ro‘yxati ko‘rib chiqildi.
Berilgan taklif va kamchiliklar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, umumiy texnik reglament loyihasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladigan bo‘ldi.
Axborot xizmati