Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari ishtirokida odob-axloq qoidalari targ‘iboti yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Seminar ishida “Odob-ahloq qoidalari”ga, jumladan xodimlar tomonidan, umum e’tirof etilgan ahloq normalariga rioya etilishi, ularning huquqiy onglarini oshirilishi, turli huquqbuzarliklarni oldini olish, hamda sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarining bartaraf etilishi masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Seminar ishida ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari, olimlar va yozuvchi-shoirlar hamda huquqni muxofaza qilish xodimlari ishtirok etdilar.
Axborot xizmati