“O‘zstandart” agentligi tizim  tashkilotlari xodimlari o‘rtasida odob-axloq qoidalarini targ‘ib etish va korrupsiya holatlarini oldini olish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Navbatdagi seminar Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida tashkil etildi. Unda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchisi A.Mirzaahmedov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi bo‘lim boshlig‘i A.Raxmonov va Guliston Davlat Universiteti prorektori R.Mahmudovlar belgilangan mavzu yuzasidan  ma’ruza qildilar.
Shuningdek, seminar ishida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov va Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi yetakchi mutaxassisi N.Muxitovlar qatnashib mavzuning dolzarbligi hamda bunday uchrashuv va davra suhbatlarining tizimli o‘tkazilishining ahamiyati borasida o‘z mulohazalarini  bildirdilar.

Ахборот хизмати