Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi o‘z faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish va viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning muammolariga o‘z vaqtida yechim topishga harakat qilmoqda.
Buning uchun markaz hamkor idoralar bilan istiqbolli dasturlar ustida ish olib bormoqda. Bugun Sinov va sertifikatlashtirish markazi Savdo-sanoat Palatasining Buxoro hududiy boshqarmasiga a’zo bo‘ldi.
Shu munosabat bilan viloyat boshqarmasida a’zolik guvohnomasini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Albatta bunday hamkorlik yordamida markaz uchun tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy asos yaratadi.
Matbuot xizmati