Joriy yil 12 noyabr kuni Fransiyaning Versal shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PQ-3663-sonli Qarorini bajarish doirasida  “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi direktori –  doktor Martin Milton o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zstandart” agentligi va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi o‘rtasida uchrashuv natijalariga ko‘ra Milliy o‘lchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

O‘z navbatida sanoatda, savdoda, ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalarda, milliy metrologiya infratuzilmalarining solishtiriluvchanligi haqida axborot taqdim etish vositalari bo‘yicha texnik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek xalqaro savdo, tijorat va qonunchilik faoliyati sohasida tuziladigan kelishuvlar uchun texnik asos yaratishga ko‘maklashadigan xalqaro etalonlarni takomillashtirish, asosiy o‘lchash birliklari ta’riflarining zamonaviy yangilarini tayyorlash va eskirganlarini almashtirish, va har xil mamlakatlarda metrologik tadqiqotlarni muvofiqlashtirish yo‘li bilan dunyo miqyosida o‘lchashlar birliligini ta’minlashda Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi jiddiy rol o‘ynaydi.

Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi bilan hamkorlik qilish va Milliy o‘lchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risidagi Kelishuvning amalga oshirilishidan quyidagi natijalar kutilmoqda:

1) mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinov natijalarining e’tirof etilishi;

2) savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek har yili davlatlararo, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan solishtirishlar o‘tkazish imkoni;

ILAC talablariga asosan, kuzatiluvchanlik ta’minlanishini isbotlash uchun Davlat metrologik muassasalarning Yevro-osiyo hamkorligi (KOOMET) doirasidagi solishtirishlarda muntazam ravishda ishtirok etish zarur.

3) mahalliy korxonalarning xorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytirish;

2012-2017 yy. davomida kalibrlashga 7 birl. etalon va 387 birl. namunaviy o‘lchash vositalari olib chiqilgan bo‘lib, deyarli 260 ming AQSh dollari sarflangan. Asosiy solishtirishlarda ishtirok etish ushbu xarajatlarning oldini olishga imkon yaratadi.

4) yetakchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar, fan va mamlakat mudofaasining o‘lchashlar birliligini ta’minlashdagi  ehtiyojlarining qoplanishi;

5) solishtirishlar o‘tkazilishida vaqtinchalik xarajatlarni qisqartirish, xom ashyo,  resurslar, materiallar, mahsulotlar miqdori va sifatini ishonchli baholashni amalga oshirish maqsadida bajariladigan o‘lchashlar aniqligining oshirilishi;

6) normativ hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq ilmiy-texnik hamkorlik, innovatsiya, xalqaro savdo, tijorat faoliyati sohasidagi kelishuvlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun texnik bazani ta’minlash;

7) o‘lchash natijalarining O‘V birliklariga kuzatiluvchanligini ta’minlash. 

8) seminar va kurslarda ishtirok etish, shuningdek fan jamiyati nashrlari bilan tanishtirish vositasida metrologik faoliyatni amalga oshiradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Manba: http://nim.uz