“O‘zstandart” agentligi yakunlanib borayotgan yilda boshqa sohalar qatori metrologiya tizimni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Jumladan, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish maqsadida spektral koeffitsiyenti o‘tkazuvchanligi va optik zichlik hamda harorat etalonlari xarid qilinib ularning umumiy soni 11 donaga yetkazildi.
Shuningdek, o‘lchash natijalarining kuzatuvchanligini ta’minlash maqsadida, umumiy qiymati 700 ming dollarlik 5 turdagi etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchov vositalarini xarid qilish bo‘yicha sharnoma imzolandi.
Respulikamizda amalga oshirilgan o‘lchovlar natijalarini xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3663-sonli qarori qabul qilindi va ushbu qarorga muvofiq a’zo bo‘lish bo‘yicha yuborilgan murojaat xalqaro tashkilot tomonidan ma’qullandi.
Xalqaro Atom Energiyasi Agentligining (MAGATE) texnik yordami loyihasining 1-bosqichida radiaksion va yadroviy xafsizlik sohasida metrologik ta’minotni rivojlantirish maqsadida yuqori aniqlikdagi dozimetr va spektrometr xarid qilinib laboratoriya tashkil etildi.
Axborot xizmati