Anjuman doirasida Respublikamizda sinovlar natijalarining halqaro darajada tan olinishida laboratoriyalarning o‘rni, “O‘zbek Turk Test Markazi”ning faoliyati misolida so‘z bordi.
Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay sharoit yaratish va ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda halqaro standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirish va sinash, ilg‘or mamlakatlarning boy tajribasidan keng foydalanish maqsadida «O‘zstandart» agentligi va Turk standartlari institututi hamkorligida, yangi zamonaviy jihozlangan hamda xalqaro talablarga javob beradigan O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasiga asos solindi.
Qo‘shma korxona 2003 yilda Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «O`zbek-Turk Test Markazi» nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda markazda mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalari majmualari faoliyat ko‘rsatadi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining sifatini xalqaro standart talablari asosida sinash va sinov natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida “To‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” Turkiyaning akkreditatlash tashkiloti (TURKAK) tomonidan ISO 17025 «Sinov va kalibrlash kompetentligiga qo‘yilgan umumiy talablar» halqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiya qilindi.
“To‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” xalqaro akkreditatsiya guvohnomasiga muvofiq quyidagi sinovlarni xalqaro sinov metodlariga ko‘ra amalga oshiradi:
- ISO 2060 “iplarning chiziqiy zichligi”;
- ISO 2062 “iplarning uzilish kuchi, uzilishdagi uzayish”;
- ISO 2061 “iplarning buramlar soni”;
- ISO 16549 “iplarning diametri bo‘yicha notekisligi, hamda 1000m uzunlikdagi qalin, ingichka va nuqsonlar soni”;
- ISO 12863 “iplarning tukliligi fotoelektrik usul” yordamida sinovlarni amalga oshirmoqda.
TURKAK Yevropa akkreditatsiya tashkiloti - EA, Xalqaro akkreditatsiya forumi - IAF va Laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiya qilish qo‘mitasi – ILAS kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo. Bu esa «O'zbek-Turk Test Markazi» qo‘shma korxonasi sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasining mustaqilligi va xolisligini ta’minlab, ular tomonidan rasmiylashtirilayotgan muvofiqlik sertifikatlari va sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki bozorlarda balki jahon bozorlarida tan olinish imkonini bermoqda.
Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham javob oldilar.