“O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashi (SMSDK) bilan birgalikda 6-7 noyabr kunlari Toshkentda muvofiqlikni baholash ilmiy-texnik komissiyasining 42-yig‘ilishi, akkreditatsiya ilmiy-texnik komissiyasining 42-yig‘ilishi va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashining akkreditatsiya mintaqaviy tashkilot (assotsiatsiya) tashkil etish bo‘yicha yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Mazkur uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohalarining mutaxassis va ekspertlari ishtirok etmoqdalar.
Kun tartibida, 2020 yilgacha SMSDK ning rivojlanish strategiyasining qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi, mahsulot va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yutuqlar uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mukofotiga raqobat hamda (Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash) va 2020 yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining uchinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha harakat rejasiga taalluqli masalalar ko‘rib chiqilmoqda.