“O‘zstandart” agentligida Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi «2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga» muvofiq joriy yilning 31 oktyabr kuni «Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvi xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentning loyihasini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Ekspert guruhining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Umumiy texnik reglament loyihasi «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.
Guruh yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi, «O‘zbekozikovqatxolding» XK, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Yadro fizikasi instituti, Intellektual mulk agentligidan mutaxassislar, ichimlik suvini ishlab chiqaruvchi korxonalar, hamda muvofiqlikni baholash idoralaridan vakillar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan bir qator taklif va kamchiliklar bildirildi, jumladan reglament loyihasini halqaro talablar bilan muvofiqlashtirish, shuningdek texnik reglamentni qo‘llanish doirasi, atama va belgilanishlar, suv uchun qo‘yiladigan kimyoviy xavfsizlik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan taklif va kamchiliklar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, umumiy texnik reglamentning loyihasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladigan bo‘ldi.