“O‘zstandart” agentligi respublikamizda maishiy hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazishning tartiblarini takomillashtish yo‘nalishida.
Elektr, gaz va suv ta’minoti sohasida yig‘ilib qolgan muammolarni tizimli hal etmasdan turib, iqtisodiyotimizning tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasini yanada kengaytirish, va mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaratish, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish mumkin emas.
Shu kunga qadar Respublikamiz viloyatlarida maishiy iste’molchilari foydalanayotgan elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslovidan o‘tkazish xizmat turli joylarda har xil narxlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida aholi orasida turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
“O‘zstandart” agentligi iste’molchilarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda holda, hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, maishiy elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish xizmati uchun to‘lov qiymatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tanqidiy tahlil va zarur ishlar olib borilmoqda.