“O‘zstandart” agentligi aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining takomillashtirish hamda muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida tizim tashkilotlarining faoliyatlariga tanqidiy baho berilmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining bugungi kundagi faoliyati o‘rganildi.
O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28.04.2017 yildagi PQ-2935-sonli qarori belgilangan vazifalar, jumladan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mamlakatni eksport salohiyati hamda investitsion jozibadorligini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish darajasi hamda milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga xizmatlaridan foydalanish darajasi o‘rganilmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan hududiy sinov va sertifikatlashtirish makazlari metrologiya bo‘limlariga amaliy ko‘mak berish, hamda aholi va tadbirkorlarning maishiy o‘lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazishdagi ayrim muammolarini o‘z vaqtida hal etish va aynan metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishi tahlil olib borilmoqda.
Ush bu tahlil dastlabki natijalariga ko‘ra ayrim kamchiliklar aniqlandi. Ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan manzilli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.