Joriy yilning 23-25 oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shaxrida Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida faoliyat olib boruvchi AFNOR va metrologiya sohasida ish yurituvchi halqaro BIPM tashkiloti ekspert ishchi guruhi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Fransiya va Yevropa ittifoqida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik jixatdan tartibga solish, CE markirovkasi, hodimlarni tayyorlash, anti-korrupsiya, sifat tizimlaridagi ekspert auditorlarni IRKA halqaro auditorlar ro‘yxatidan o‘tkazish v auditorlarni qayta tayyorlash hamda metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va Yevropa bozorigi maxsulotlarni eksport qilishda muvofiqlikni baholovchi idoralarning o‘rni mavzulari muhokama etildi.
O‘z navbatida O‘zbekistonda standartlashtrish va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirish maqsadida AFNOR tashkiloti ekspertlari taklif etildi va hamkorlik dasturi imzolashga kelishib olindi.