O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarni Yevropa standartlari talablari asosida ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha hal etish maqsadida, Germaniya Federativ Respublikasi Yetakchi ekspertlar fondining (SES) qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eksperti Fridrix Notdurft va “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) hududiy loyihasining koordinatori Oliver Dittxardt va metrologiya umumiy masalalari bo‘yicha PTB eksperti Klemens Sanetra bilan tizimli ravishda xamkorlik aloqari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunlarda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘quv binosida Germaniya Federativ Respublikasi Yetakchi ekspertlar fondining (SES) fondi eksperti Fridrix Notdurft ishtirokida “Global GAP standartlari” bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi, Fermerlar uyushmasi hamda Qishlok xo‘jaligi vazirligi xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash uchun o‘tgan xaftaning 19 oktyabr kuni Toshkent viloyatidagi fermer xo‘jaliklariga tashriflar uyushtirildi. Germaniyalik ekspert Fridrix Notdurft tomonidan maxalliy fermerlarga va tadbir ishtirokchilari “Global GAP” standartlarining afzalliklari bo‘yicha tushintirishlar berildi. Ushbu bepul o‘quv seminari joriy yilning 26 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi va Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) o‘rtasidagi Kelishuvni amalga oshirish doirasidagi tadbirlar rejasiga asosan, 2018 yil 23 oktyabrdan 25 oktyabrgacha metrologiya soxasiga oid turli mavzularda Germaniyalik ekspertlar Oliver Dittxardt xamda Klemens Sanetra ishtirokida texnik o‘quv seminarlari tashkil etilgan. Texnik seminarlar 23-24 oktyabr kunlari “Tashkent City Palace” mexmonxonasida va 25 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligi binosida o‘tkaziladi.
O‘tkazilayotgan texnik seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi soxasida ilg‘or Yevropa standartlarini joriy qilish xamda metrologiya soxasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydigan yangi strategiya va texnik yechimlarni taqdim etishdir.