Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Muxtorov, sertifikatlashtirish idorasi rahbari F.Irisov va bosh mutaxassis J.Mamatovlar Xitoy Xalq Respublikasining “China Certification & Inspection Group” (CCIC) tashkilotining taklifiga asosan xizmat safarida bo‘ldilar. Xizmat safari davomida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi, jumladan:
- “China Certification & Inspection Group” (CCIC) qarashli Henan provensiyasidagi mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish markazi faoliyati bilan tanishildi. Namunalar tanlanishi, tanlab olingan namunalarni saqlash xonalari, namunalarni sinashga tayyorlash va sinash jarayonlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar olindi. Sinash usullari qaysi me’yoriy hujjatlarga asosan olib borilishi, halqaro standartlarni joriy etilgani to‘g‘risida ma’lumotlar olindi;
- Eng muhimi Henan provinsiya Luoyang shahri EIZ rahbari janob Zu Liangjun bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Henan provensiya bilan Buxoro viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi bitim tuzilganligi, bu bitimga asosan tomonlar savdo sotiq, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga kelishib olindi.
- Shuningdek, Pekinda “China Certification & Inspection Group” (CCIC)ning bosh ofisida vitse prezidenti Li Jie bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida soxani rivojlantirish, kelajakda oldinda turgan vazifalar va tashkil etilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma korxona to‘g‘risida muzokoralar olib borildi. Qo‘shma korxonani tashkil etishdan maqsad mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, sifatsiz va xavfli bo‘lgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish, shuningdek ichki bozorga kirib kelishining oldini olishdan iboratdir;
- bugungi kunda tashkil etiladigan qo‘shma korxona uchun markazdan laboratoriya tahlillari uchun xonalar ajratish hamda kelgusida Buxoro “Agro EIZ” da yangi, xalqaro talablarga javob beradigan sinov laboratoriyasi qurib berish va ushbu sinov laboratoriyasi ishlashi uchun talab etiladigan zamonaviy sinov uskunalarini investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kiritilishi hamda ushbu laboratoriyaning muvaffaqiyatli ishlab ketishi bo‘yicha har ikkala tomondan mutaxassislar bilan ta’minlanishi inobatga olindi;
- yangidan tashkil etilishi rejalashtirilgan laboratoriyani Xitoy Xalq Respublikasining CNAG (akkreditatsiyadan o‘tkazish idorasi)ning me’yoriy hujjatlari talablari asosida akkreditatsiyadan o‘tkazish;
- yangidan tashkil etiladigan qo‘shma korxona bo‘yicha kiritiladigan investitsiya majburiyatining ta’sischilar ulushi sifatida 50 foizini ikkinchi tomon o‘z zimmasiga olgan taqdirda, qolgan 50 foiz qismiga Xitoy tomoni investitsiya kiritish istagini bildirdilar.