Joriy yilning 15 oktyabrl kuni “O‘zstandart” agentligida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ning yangi rahbari Joxannes Knapp va uning delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida olib borilgan ishlar va kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.